• Bosh Saxifa
  • Music
  • Klip
  • Yangiliklar
  • Foto
  • Mobil Turi

    Menu
  • Bosh Saxifa
  • Uzbekcha Taronalar
  • Evro Taronalar
  • Yosh Yulduzlar
  • Klip
  • Uzbek Kino
  • Mobil Turi
Мини-Профил

Логин:
Пароль:
Parol Unutdim ! Забыл пароль | Регистрация
0

Er-xotin yolg'iz qoladimi..?!

  • Опубликовал: Murodbek2818484
  • Дата: 19/11/2016, 22:05
  • Просмотров: 806
O'zbek oilalarining ko'pchiligida
er-xotin orasida muammo
bo'lmay, qaynoila bilan muammo
bo'ladi. Qaynona, qaynota,
qaynsingil, hatto ba'zida
qayniukalar ham eri-xotin
orasida sovuqchilik paydo
bo'lishiga sababchi bo'ladi. Bu
normal holatmi?
O'zbek oilasi hech qachon faqat
er, xotin va ularning farzandlari
bilan kifoylanmagan. O'zbek
oilasida qainyoila a'zolari,
qo'shnilar, boshqa qarindoshlar
ham inobatga olinadi. Buning
yaxshi tomonlari qancha ko'p
bo'lsa, xuddi shunday salbiy
tomonlari ham yo'q emas. Eng
qudratli va ta'sirli salbiy tomoni
shundaki, yosh oilaning hayotiga
hamma aralashadi.
Kelinning ham o'g'ilning ham
ota-onasi fikricha, aynan ular
farzandlari uchun nima
kerakligini biladilar va o'z
fikrlarini farzandlariga
o'qtiradilar. Orada
tushunmovchilik, gijgijlatish,
xafagarchilik va janjallar yuz
beradi. Statistikaning
ko'rsatishicha, er-xotin
munosabatlarining orasida
qancha kam odam yoki holat
bo'lsa, shuncha ular baxtli
bo'lishi uchun imkoniyat
ko'payadi.
Ba'zi kelinlar shunday deydi:
"Yaxshi ham qaynona-qaynotam
bilan yashaymiz, bo'lmasa erim
har kuni ichib kelar edi. Ulardan
qo'rqib ichmaydi". Shu kabi
fikrdagi kelinlar hech
tushunadilarmi aytayotgan
xatolarini? Agar o'z eriga,
farzandlarining otasiga ota-
onasidan boshqa hech kimning
gapi o'tmaydigan bo'lsa, demak
u kelin kichik bir 6 yoshlik bola
bilan yashayapti, xolos. Uning eri
ma'suliyatni his qila oladigan
erkak emas. U ota-onasidan
qo'rqqani uchun ichib
kelmaydigan boladir. Shunday
ekan, ota-ona ularning
munosabatlarini yaxshilay
olmaydi, ular shunchaki
vaqtinchalik shu ma'suliyatni his
qila olmaydigan o'g'illarini
javobgarlikdan asrab turadilar.
Yillar o'tib esa, u erkak shunday
bolalarcha ma'suliyatsiz bo'lib
yashayveradi. Xotini esa kunlar
kelib qaynona-qaynotasi
orqasiga bekina olmaydi, shunda
nafrat, ma'naviy ojizalik yuzaga
kelishi ajab emas. Erkak ichib
kelmasligi uchun ota-onasidan
qo'rqishi kerak emas, xotiniga
nisbatan, farzandlariga nisbatan
hurmati va ma'suliyati bo'lishi
kerak.
Teskari holat, qaynona kelinini
o'g'liga munosib emas, deb
biladi. Yillar o'tmasin, orada
farzandlar ham tug'ilgan bo'lsin,
qaynona uchun kelin baribir
nomaqul. U o'g'liga munosib
emas. Lekin o'g'lini kelin har
tomonlama qoniqtirmoqda.
Shunda yana janjal. "Xotining
unday qildi, bunday qilmadi", eri
esa arosatda. Onasi ham qadrli,
ayoli ham aziz. Bir u tomon, bir
tomon bo'ladi, natijada har doim
bir taraf xafa bo'lib qolaveradi.
Mana shunda qiziqarli tomoni
shundaki, o'sha kelinlar ham
o'zini o'sha erga nomunosib deb
bila boshlaydilar. Ular qaynona
ko'nglini olishga, yanada ko'proq
ish qilishga, yanada ertaroq
uyg'onishga harakat qiladilar.
Besh yil o'tadi, o'n yil o'tadi lekin
negadur ular ko'ziga munosib
bo'la olmaydi. Butun kelinlik
hayotini o'zini qaynonasiga
munosib ekanligini isbotlash
uchun sarflaydi. Orada na
romantika, na kuchli muhabbat,
na tug'ilgan bolaga keraklicha
e'tiborli bo'la oladi. Bunga
qo'shilgan holda, o'zini
kamsitish, yerga urish
boshlanadi. Hammasi hayotda
umuman kerak bo'lmagan
kurashga sarflanadi. Natijasiz.
Bunday misollar cheksizdir.
Ota-onadan tashqari er-xotin
orasiga qaynsingillar, qaynukalar,
qo'shnilar, qarindoshlar, dugona
va do'stlar ham tushadi. Hamma
er-xotinga nima kerakligini
ulardan ko'ra ko'proq biladi.
Ularga "yaxshilik" qilish
maqsadida hayotiga aralashadi,
o'rgatadi, o'qtiradi, gijgijlatadi.
Er-xotin munosabatlariga nafaqat
erning oilasi balki kelinning ham
oilasi ko'p aralashadi. Ularning
aralashuvi ochiq oydin bo'lmay,
ko'rinmay kechadi. Kelin ota
uyiga borib kelinlik uyidagi
mojarolarni so'zlaydi, u yerda
onasi unga aql o'rgatadi, gap
o'rgatadi, gijgijlaydi. "Unday
deyish kerak, bunday qilish
kerak," "Ering nega unday, nega
bunday?"Bu ham er-xotinning
munosabatlariga hech qachon
foyda keltira olmaydi.
Qachon er-xotin o'zi uchun o'zi
javob bera oladi? Mayli bir-biriga
munosib bo'lmasin, lekin shuni
o'zi anglay olsin. O'zi shuni his
qilib harakat qilib
o'zgartirsin. Anglay olmayaptimi,
demak munosib! Oradagi
kamchiliklarni birovning gapiga
kirib emas, o'ziga shu noqulay
bo'lgani uchun his qilishi muhim
emasmi? Axir shunday qilib o'z
hayotini, munosabatlarini,
dunyoqarashini yaxshilay
olmaydimi? Shu yo'l bilan o'zidagi
xatolarini to'g'irlashga harakat
qilmaydimi?
Birovning aralashuvi hatto eng
baxtli er-xotin orasiga ham
sovuqchilik solishi juda oson.
Tomchi-tomchidan dengiz
bo'ladi. Er-xotin munosabatlarini
ham buzish uchun har kuni
birgina salbiy tomchining o'zi
kifoya bo'ladi. Ajralishgacha
borilmasa ham, lekin asabiy
bo'lib, birovga bir nimani
isbotlash uchun, er-xotin o'zaro
munosabatlarni emas birovlar
bilan bo'lgan munosabatlarni
yaxshilash uchun harakatda
bo'lib yashash kerakmi? Bundan
kim yutadi? O'sha aralashgan
odammi? Yo'q. Bir-biriga
munosabat qila olmaydigan er-
xotinmi? Yo'q. Oiladagi
tushunmovchiliklardan
charchagan farzandlarmi? Albatta
yo'q!
Oilangiz baxti sizning
qo'lingizda! Oilangizga birovlarni
aralashuviga yo'l qo'ymang.
Harakat qiling, kurashing lekin
ular bilan emas, ular o'zgarmaydi,
ularning sizga bo'lgan
munosabati ham hech qachon
o'zgarmaydi. Ularni aralashuvi
bilan kurashing. Uzoqlashing,
ko'chib keting, bo'lishmang,
dardlashmang, inobatga olmang,
eshitmang! Bundan faqat yutasiz.
Siz, turmush o'rtog'ingiz va
farzandlaringiz yutadi.
Mehnatingizni er-xotin
munosabatlaringizni
yaxshilashga sarflang, izlaning,
takomillashing.
Er-xotin 2 toifaga bo'linadi. Biri
baxtli bo'la oladigan, biri baxtli
bo'la olmaydigan. Ikki toifadagi
oila ham o'zi baxtiga va
baxtsizligiga o'zi yetishi kerak.
Hech kim, hech qachon qancha
urinmasin, ularning oilasiga,
munosabatlariga, baxtli bo'la
olishiga nima kerakligi haqida
100% aniq yechim bera olmaydi.
Hech kim ularni ular o'rniga
baxtli qila olmaydi.
Birovni, ayniqsa, ota-onalarimizni
o'zgartira olmaymiz. Lekin
o'zimizning ularning
aralashuviga bo'lgan
munosabatimizni o'zgartirishimiz
mumkin. Siz va faqat siz bilasiz
siz uchun nima muhim ekanligini
va turmushingizdagi
munosabatlaringizni. Faqat siz
muammoga haqiqiy yechim topa
olasiz. Chunki birov hayotingizni
chetdan biladi, ichingizni faqat
o'zingiz bilasiz.
Er-xotin jismonan bo'lmasa ham,
ruhan yolg'iz bo'linglar. Katta
dargoxda, ko'plab oila a'zolar
bilan birgalikda yashasangiz
ham, ruhan bir-biringiz uchun
yolg'iz bo'ling, faqat bir-
biringizni o'ylab yashang. Bu
sizning hayotingiz va siz uni
yashab o'tishingiz kerak. Er-xotin
shundoq ham baxtli hayot
kechirishi uchun ko'p mehnat va
harakat qilishi kerak, doim
izlanishda bo'lib, o'zaro er-xotin
orasidagi muhitni iliqlatib turishi
kerak. Lekin buning o'rniga
birovlar bilan kurashish bo'lsa,
nimaga erishamiz?
"Ota-ona yo'l ko'rsatsa
bo'lmaydimi? Ularning tajribasi
katta!", deyishimiz mumkin. Lekin
kim garov bera oladi aynan o'sha
yo'l to'g'ri ekanligiga? Ota-ona
ham xato qilishi mumkinku? Ular
o'z hayotlarida xato qilmasliklari
uchun ma'suldirlar. Sizning
hayotingizda xato qilib
qo'yishlariga yo'l qo'ymang.

DO'STLARINGA TAVSIYA ET!!!

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • Категория: Er Xotin Aloqalari
  • Вернуться

Коммент

    Всего комментариев: 0
    Войдите:
    avatar
    Наверх Большая коллекция популярных жанров русских, узбекских mp3. Лучшие клипы за год 2018 2019