• Bosh Saxifa
  • Music
  • Klip
  • Yangiliklar
  • Foto
  • Mobil Turi

    Menu
  • Bosh Saxifa
  • Uzbekcha Taronalar
  • Evro Taronalar
  • Yosh Yulduzlar
  • Klip
  • Uzbek Kino
  • Mobil Turi
Мини-Профил

Логин:
Пароль:
Parol Unutdim ! Забыл пароль | Регистрация
0

Erkak uchun nima afzal?

  • Опубликовал: Murodbek2818484
  • Дата: 19/11/2016, 22:03
  • Просмотров: 874
Eringiz siz bilan o'zini
baxtiyor va xursand
his qilib, doim sizga
intilib, ishdan chiqib
uyga siz tomon
shoshilib kelishi
uchun siz (ya'ni ayol) harakatda
bo'lmog'i ngiz lozim. Bu harakat
nimadan iborat:
1. Mazali tushlik
Ishdan charchab kelgan erkak
uchun mazali ovqatlanish juda
katta ahamiyat kasb etadi. Qorni
och erkak juda jahldor bo'ladi,
sezganmisiz? Shuning uchun har
kuni eringizni ajoyib, mazali va
to'yimli ovqatlar bilan kutib oling.
Har kungi dasturxoningiz turlicha
bo'lsin. Osh juda yoqimli ovqat,
lekin haftada 3 marta osh qilib
bersangiz, bu taom eringiz joniga
tegishi aniq. Izlaning, harakat qilib
eringizni xursand qiling. Asosiy
taomdan tashqari shirinliklar
haqida unutmang. Issiqqina
ovqatdan keyin o'z qo'lingiz bilan
pishirgan shirinliklar eringiz har
kuni uyga shoshib kelishini
ta'minlaydi.
2. Go'zallik
Uy-yumush ishlari bilan band
bo'lib o'zingiz haqingizda unutib
qo'ymang. Eringiz uyga kelish
vaqtiga chiroyli bo'lib oling. Bu
degani chiroyli mehmonga
kiyiladigan ko'ylakni kiyish kerak
emas, uy kiyimingiz ham saramjon,
sizga loyiq, sizga yarashib
turadigan bo'lishi kerak degani.
Undan tashqari tunda eringiz bilan
yolg'iz bo'lganingizda ham, pijama
yoki eski olimpikani emas, balki
ipakdan tikilgan, go'zalligingizni
ochib beradigan mayin kechki
liboslarni kiyishingiz lozim.
Eringizga yoqimtoy bo'ling doim.
3. Jinsiy lazzat
Jinsiy munosabatlar deyarli barcha
oilada eng ustun munosabatlardan
biridir. Uning go'zalligi va sifatliligi
er-xotin uchun katta baxt.
Eringizga eng katta lazzatni ato
etish uchun, unga yoqadigan
narsalarni qilishdan bosh
tortmang. O'rganing, izlaning,
jinsiy munosabatlaringizni
boyiting. Uning javobi qanchalik
sizga yoqimli bo'lishi o'shanda
ko'rasiz.
4. Hordiq
Parkka chiqib aylanib kelish,
velosipedda uchish, turistik
safarlar, kino, futbol, basseyn va
boshqa shu kabi bir-biringiz
uchun yoqimli vaqt o'tkazish
yo'llarini izlang. Hafta davomida
har kuni ishga borib kelish odamni
charchatadi. Dam olish kunlarini
oynai jahon oldida emas, balki toza
havoda, bolalar bilan yoki er-xotin
o'zlari mazza qilib, asosiysi
qiziqarli o'tkazishlari kerak.
5. Kompliment
Har bir erkak uchun ayolini
maqtoviga sazovor bo'lish muhim
rol o'ynaydi. Shunday ekan,
eringizni maqtab turishni
unutmang. Axir maqtovga
arzimasa, uni sevarmidingiz?
Ichingizda unga nisbatan bo'lgan
barcha iliq tuyg'ularingizni aytib
turishni unutmang. Uni qancha
ko'p maqtasangiz, u shunchalik siz
uchun kattaroq yaxshiliklarga
qodir bo'ladi. Eng asosiysi dildan
maqtang, aldamang.
6. Faxr
Eringiz siz bilan faxrlana olsin.
Kimdir ayoli ajoyib tortlar
pishirgani bilan faxrlansa,
kimgadir bu emas balki xotini juda
aqlli vrach ekanligi muhimroqdir.
Eringizga nima afzal ekanligini
bilib, uning faxriysiga aylaning.
7. Hayron qoldiring
Nafaqat ayollar, balki erkaklar ham
yoqimli syurprizni xush ko'radilar.
Shunday ekan eringizni yaxshi
ma'noda hayron qoldirib turing.
Syurpriz shakli va ko'rinishi siz va
eringiz munosabatlaringiz, fe'lingiz
va moliyaviy ahvolingizga bog'liq.
Eringiz hamyonida topilgan
sizning oddiy sevgi xatingiz ham
uni befarq qoldirmaydi, ishoning.
Nima bo'lsa-da, siz qanchalik
eringiz uchun harakat qilsangiz
ham, charchamang. Axir bir
yostiqqa umrbod bosh qo'yib,
baxtli turmush egasi bo'lish uchun
yoningizdagi ajoyib inson - suyukli
yoringizni xursand qilishni o'zi
baxt emasmi?

DO'STLARINGA TAVSIYA ET!!!

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • Категория: Er Xotin Aloqalari
  • Вернуться

Коммент

    Всего комментариев: 0
    Войдите:
    avatar
    Наверх Большая коллекция популярных жанров русских, узбекских mp3. Лучшие клипы за год 2018 2019