• Bosh Saxifa
  • Music
  • Klip
  • Yangiliklar
  • Foto
  • Mobil Turi

    Menu
  • Bosh Saxifa
  • Uzbekcha Taronalar
  • Evro Taronalar
  • Yosh Yulduzlar
  • Klip
  • Uzbek Kino
  • Mobil Turi
Мини-Профил

Логин:
Пароль:
Parol Unutdim ! Забыл пароль | Регистрация
0

Jinsiy ojizlik

  • Опубликовал: Murodbek2818484
  • Дата: 19/11/2016, 22:17
  • Просмотров: 1252
Jinsiy ojizlik sabablari juda xilma-xil. Lekin
biz ularning eng asosiylariga to‘xtalamiz,
xolos. Abu Ali ibn Sino jinsiy ojizlikning
sababi yo olatning o‘zida, yo moyakda, yoki
boshqaruvchi va ularga qo‘shni organlar,
boshqaruvchi organlar va jinsiy organlar
o‘rtasida bo‘ladi deb izohlaydi. Ibn Sino odam
ruhiy holatiga, kayfiyatiga alohida to‘xtaydi.
Uyalish va turli xayollar ham jinsiy yaqinlikni
susaytiradigan va unga to‘sqinlik qiladigan
omillardan sanaladi. Bular, masalan, erkak
xotinini yomon ko‘rishi yoki undan uyalishi,
oldindan aloqaga kuchsiz yoki ojiz bo‘lib
qolamanmi degan qo‘rquvning paydo bo‘lishi,
ayniqsa, undan oldin tasodifan shunday hol
yuz bergan bo‘lsa, har gal yaqinlik qilishdan
avval shu narsaning ko‘z oldiga kelishi tufayli
jinsiy ojizlik yuzaga kelishi mumkin. Aloqani
tark etish ham zaiflikka sabab bo‘ladi. Bunda
nafs uni esdan chiqarib, organlar undan
qaytadi va urug‘ hosil qilish bilan
shug‘ullanmaydi. Bu hakda Ibn Sino «Bu
bolani sutdan ayirgan onada tabiat sut
tug‘dirish bilan shug‘ullanmay qolganiga
o‘xshaydi», - deydi. Ulug‘ tabibning bundan
ming yillar avval aytgan gapi hozirgi kunda
ham ahamiyatlidir.
Zamonaviy fan jinsiy ojizlikni ikki turkumga,
ya’ni erkaklardagi jinsiy ojizlik (impotensiya)
va xotinlardagi jinsiy ojizlikka bo‘ladi. Jinsiy
yaqinlik 30-35 yoshlarda avjiga chiqsa, 50
yoshlardan o‘zgara boshlaydi, haftalik soni
kamayadi, lekin 70 yoshli erkakning bir hafta
mobaynida bir necha marta aloqa qilish
qobiliyati saqlanib qolganligi va 70-80 yoshli
qariyalarning farzand ko‘rganliklari ham hech
kimga sir emas. Chekish, palapartish
ovqatlanish, ish va dam olish o‘rtasidagi
mutanosiblikning buzilishi, uzoq vaqt jinsiy
yaqinlik qilmaslik, ichkilikbozlikka mukkasidan
ketish, ko‘p miqdorda pivo, sifati past qizil
vino ichish jinsiy ojizlikka olib keluvchi
sabablardandir. Ko‘pgina hollarda Abu Ali ibn
Sinoning bu xususdagi fikri boshqacharoq. Uni
zamonaviy tilda aytsak, jinsiy ojizlikka bosh
miya po‘stloq qismi faoliyatining buzilishi
sababchidir.
Ko‘p hollarda jinsiy ojizlikk prostata bezining
shamollashi sabab bo‘ladi. Bunda bez
yallig‘lanadi, kattalashadi, barmoq bilan silab
ko‘rilganda og‘riydi. Prostatit ko‘pincha
so‘zak, sil, gripp kasalliklari orqali kelib
chiqadi, qari kishilarda ham uchraydi. Uning
o‘tkir surunkali shakllari farqlanadi. O‘tkir
prostatit isitma chiqishi, tez-tez siyish va
bunda og‘riq turishi bilan o‘tadi. Surunkali
prostatit ertalabki siydiqda yiring bo‘lishi,
chanoq oralig‘iniig pastga tortib og‘rishi,
ba’zan qichishish kabi xususiyatlarga ega.
So‘zak oqibatida kelib chiqadigan
prostatitning kataral, follikulyar, parenximotoz
ko‘rinishlari uchraydi. 40-50 yoshdan keyin
erkak uzoq vaqt jinsiy yaqinlik qilmaslikka yo‘l
qo‘masligi kerak, aks holda, jinsiy ojizlik kelib
chiqadi. Hayotida biror marta jinsiy ojizlikka
uchramagan erkak yo‘q.
Jinsiy kamchiliklardan ayollardan ko‘ra
ko‘proq erkaklar hadiksiraydilar, chunki
orgazmni his etmaslik, olat taranglashmasligi
yoki urug‘ning tez to‘kilib ketishi holatlari
tufayli ularda erkaklik qobiliyati yo‘qolganday
tuyuladi. Lekin yuqorida qayd qilingan
holatlar o‘tkinchi bo‘lib, jinsiy faoliyat tezda
yana iziga tushib ketishi mumkin. Ba’zan
jinsiy ojizlikka ayolning xulq-atvori, uning
og‘zi yoki boshqa a’zolaridan kelgan noxush
hid ham ta’ sir etishi mumkin. Ayollarda jinsiy
yaqinlikka sovuqqonlik, ya’ni ojizlik (frigidlilik)
ikki xil bo‘ladi. Birinchi xil ayol umr bo‘yi
lazzatlanish sezgisini his qilmaydi, ikkinchi
xilida esa oldin lazzatlanish hollari bo‘lgan,
lekin keyinchalik, ba’zi sabablarga ko‘ra jinsiy
mayl yo‘qolib ketgan bo‘ladi. Jinsiy ojizlik va
tashqi muhit o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Jumladan jinsiy yaqinlikdan lazzat olmagan
frigid ayol o‘zini mehnat bilan ovutishga
harakat qiladi, ya’ni o‘zini siyosatga, fanga
bag‘ishlaydi yoki rahbarlik lavozimlarida
ishlashga harakat qiladi. Ba’zi ayollar
hayotdan norozi, injiq, janjalkash, fitnachi
bo‘lib qoladi. Bundan shunday xulosa
chiqarish kerakki, jinsiy sovuqqonlik faqat
shaxsiy bo‘lmaydi, jamiyatga ham taalluqlidir.
Jinsiy sovuqqonlik jinsiy mayl va unga
intilishning yo‘qligi bilan belgilanadi. Bu holat
erkakka ta’sir qilib, ular o‘rtasida nizo
uyg‘onadi. Shu bilan turmushlari buzilib
ketishi mumkin. Ba’zi hollarda ayol jinsiy
yaqinlikka mayl bildiradi, unga intiladi, lekin
orgazm, ya’ni lazzatlanish yuzaga kelmaydi.
Bunga sabab erning jinsiy muloqot vaqtida
o‘zini noto‘g‘ri tutishidir. Er o‘zini o‘ylab,
ayolining nozik hislarini esdan chiqaradi.
Erkaklardagi jinsiy ojizlik belgilari turli
ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Olat
taranglashmasdan yoki taranglashsa ham,
hali qisha kirib ulgurmasidan urug to‘kilib
ketishi, olat qinga kirgani bilan bir-ikki
harakatdan so‘ng lazzatlanishini kutmasdan
urug kelishi hollari impotentlik - jinsiy ojizlik
ko‘rinishlaridandir. Uz zamonasida Abu Ali ibn
Sino jinsiy ojizlik belgilarini olatning
bo‘shashganligi, asab mijozining sovuqligida
olat tarang bo‘lmasligi va sovuq ta’sirida
bujmaymasligida deb yozadi. Ibn Sino fikrini
davom ettirib: «Moyak urug‘ a’zolari sababli
bo‘ladigan jinsiy kuchsizlik, agar bu
organlarning sovushidan bo‘lsa, urug‘
kamaymasa ham, qiyinchilik bilan chiqadi va
olat ushlab ko‘rilganda sovuq tuyuladi. Agar
bu organlarning quruqligi va urug‘ kamligidan
bo‘lsa, bunda urug‘ kam bo‘lib, qiyinlik bilan
chiqadi» deydi.
Jinsiy ojizlik jigar va buyrak kasalliklari tufayli
sodir bo‘lsa, ishtaha kam bo‘lishini, qon
ishlab chiqarish yetarli darajadi bo‘lmasligini
uqtiradi. Abu Ali ibn Sino keltirgan jinsiy
ojizlikning o‘ziga xos belgilarini quyida jadval
shaklida berishni lozim topdik.
Jinsiy ojizlikning belgilari
Sabablari Umumiy belgilari O‘ziga xos ayrim
belgilari 1. Olat bo‘shashganligi va asab
mizojining sovuqligi Urug‘ ko‘p bo‘lib, tezlik
bilan chiqadi, olat qo‘zg‘almasdan urug
to‘kiladi va zaiflashadi Olat sovuq suvda bu-
jmayadi 2. Moyak va urug‘ organlarining ojiz
ligi Urug‘ kamaymasa ham, qiyinlik bilan
chiqadi. Badan oriq va kam qonlik bo‘ladi Olat
ushlab ko‘rilganda sovuq tuyuladi 3. Jigar va
buyrakdagi illatlar Ishtaha kam bo‘ladi,
ishtaha va qon ishlab chiqarish bir-biriga
munosib ravishda sodir bo‘lmaydi 4. Yurak
ojizligi Olat kam qo‘zg‘aladi, ba’zan olat
qo‘zg‘almasa ham, urug‘ ajraladi Tomir urishi
kuchsiz va yumshoq bo‘lib, badan issig‘i kam
bo‘ladi 5. Miya ojizligi Aloqa uchun zarur
qitiqlanish va istak bo‘lmaydi Hislar holati
ko‘zidan -bilinadi 6. Quyi a’zolarda damning
ozligidan bo‘lgan zaiflik Quvvat sog‘lom, istak
va urug‘ kuchli Olat qo‘zg‘alishi yomon
Yuqoridagi jadvalda Abu Ali ibn Sinoning
asosiy olti xil zaiflik haqidagi ta’riflariga
to‘xtalib o‘tib, ularni hozirgi zamon
tibbiyotining bu masalaga qarashlarini
uyg‘unlashtirishga harakat qildik. Jinsiy
ojizlikka tegishli fikrlardan har kim o‘zini
qiziqtirgan savollarga javob topadi, o‘ziga
yarasha xulosa chiqaradi degan umiddamiz.

DO'STLARINGA TAVSIYA ET!!!

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • Категория: Er Xotin Aloqalari
  • Вернуться

Коммент

    Всего комментариев: 0
    Войдите:
    avatar
    Наверх Большая коллекция популярных жанров русских, узбекских mp3. Лучшие клипы за год 2018 2019