• Bosh Saxifa
  • Music
  • Klip
  • Yangiliklar
  • Foto
  • Mobil Turi

    Menu
  • Bosh Saxifa
  • Uzbekcha Taronalar
  • Evro Taronalar
  • Yosh Yulduzlar
  • Klip
  • Uzbek Kino
  • Mobil Turi
Мини-Профил

Логин:
Пароль:
Parol Unutdim ! Забыл пароль | Регистрация
0

SENSIZLIK

  • Опубликовал: Murodbek2818484
  • Дата: 08/06/2018, 18:43
  • Просмотров: 444

Meni o'g'irlab ket o'z dunyoyimdan, 

Sensiz dunyolardan charchadim jonim. 

Muhabbat qadriga yetmayin qara, 

Yolg'izlik qahriga uchradim jonim.

 

Meni o'g'irlab ket o'z hayotimdan, 

Kuchim yetmayapti so'ngsiz g'amlarga. 

Meni qutqar jonim kelib o'zimdan, 

Yurak bo'yalmasin qizil qonlarga. 

 

Meni o'g'irlab ket o'z ko'zlarimdan, 

Yasholmayman seni bir kun ko'rmayin. 

Yonimda bo'lmasang kerakmas hayot, 

Yonimda bo'lmasang o'lmog'im tayin. 

 

Kelib ko'r sensizlik ne kuyga soldi, 

Kelib ko'r yolg'izlik ayladi xasta. 

Ismingni aytmoqda har bir tomirim, 

Ismingni aytmoqda lablarim asta. 

 

Meni o'g'irlab ket mendan azizim, 

Bunday o'g'rilikka olmassan jazo. 

Sensizlik shu qadar g'ajir ruhimni, 

Sensizlik shu qadar bermoqda azob. 

 

Meni o'g'irlab ket o'z dunyoyimdan,

Ishongin yomonam charchadim jonim. 

Men sening qalbingdan otilgan ohman, 

Yana o'zing tomon sachradim jonim.


DO'STLARINGA TAVSIYA ET!!!

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
  • Вернуться

Коммент

    Всего комментариев: 0
    Войдите:
    avatar
    Наверх Большая коллекция популярных жанров русских, узбекских mp3. Лучшие клипы за год 2018 2019